Hindistonning Dxamnod shahridagi texnik nosozlik tufayli advokat va xususiy maktab egasi Vinod Dongl bir necha daqiqaga milliarderga aylandi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.
"Mening taqdirim bir kechada o‘zgardi. Bu dunyodagi barcha lotereyalarni yutgandek bo‘ldi", - dedi Dongl jilmayib.
Hammasi Vinod Dongl yangi akkaunt ochganida boshlandi. Hisobda 28,1 milliard rupiy (3,5 mln dollar) borligini bilib, hayratda qoldi. Hisobda Harsil Agro Limited kompaniyasining 1312 ta aksiyalari har bir aksiya uchun 21,4 million rupiydan (258 ming dollar) yuqori narxda aks ettirilgan.
Biroq bir necha daqiqalar ichida xato tuzatildi, narxlar normal holatga qaytdi va uning "milliarder maqomi" havoga ko‘tarildi. Advokatning o‘zi voqeaga falsafiy nuqtai nazardan yondashib, uni "raqamli sehrning noyob lahzasi" deb atadi.