Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Xitoy bilan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun Tayvanni "chopadimi"?

AQSh Xitoy bilan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun Tayvanni "chopadimi"?

Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan savdo bitimi evaziga Tayvanni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish niyatida emas.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.

"Tayvandan voz kechish evaziga Xitoy bilan qulay savdo shartlariga ega bo‘lamiz deb o‘ylamayman. AQSh Tayvanni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechib, Xitoy bilan savdo munosabatlarini yaxshilash niyatida emas", dedi u.

Kuala-Lumpurda Xitoy va AQSh delegasiyalari o‘rtasidagi savdo muzokaralari boshlangani avvalroq xabar qilingandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 30 oktyabr kuni Janubiy Koreyada Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashib, ikki tomonlama aloqalar, shuningdek, Rossiya-Ukraina urushi va Tayvanga oid masalalarni muhokama qiladi.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!