Rossiya va AQSh Strategik hujum qurollarini qisqartish bo‘yicha shartnoma muddati tugagandan keyin ham yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi mumkin.
Bu haqda “RIA Novosti” agentligiga AQShning Qurollarni nazorat qilish assosiasiyasi ijrochi direktori Darel Kimball ma’lum qildi.
Kimballning aytishicha, Strategik hujum qurollarini qisqartish bo‘yicha shartnoma (New Start) muddati yakunlangan taqdirda ham ikki davlat yetakchilari yadroviy tahdidni kamaytirish bo‘yicha oqilona choralar ko‘rish hamda jiddiy va izchil muzokaralarni boshlash orqali dunyoni xavfsizroq yo‘lga yo‘naltirish imkoniyatiga ega.
U, shuningdek, muzokaralar stoliga boshqa tomonlarni ham taklif etish zarurligini ta’kidlab, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiyani alohida qayd etdi.