"Rossiya tomoni O‘zbekiston notasidagi ma’lumotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqmoqda va o‘zbekistonlik hamkorlarning tegishli so‘rovi vakolatli organlarga yetkazilmoqda. Olingan ob’ektiv ma’lumotlar belgilangan tartibda Toshkentga yuboriladi", – deya munosabat bildirdi Zaxarova.
Avvalroq O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burxanov mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada o‘zbek fuqarolariga nisbatan tintuvlar o‘tkazilayotgani va g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘layotganidan xavotirda ekani, shu munosabat bilan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga tushuntirish berishni so‘rab nota yuborganini ma’lum qilgandi.