"17 fevralga o‘tar kechasi va ertalab Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab 147 ta dron uchirdi, ularning 80 dan ortig‘i urib tushirildi", deya xabar berdi Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Kiyev viloyatining to‘rt tumaniga ham dronlar hujum qilinganini ma’lum qildi. Kiyev viloyatida dron hujumi natijasida ikkita omborxona, to‘rtta xususiy uy va ikkita avtomobil zarar ko‘rgan. Bundan tashqari, 2003 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro tan jarohati olgan.
“Ukrenergo” kompaniyasi Rossiya hujumining nishoni energetika ob’ektlari bo‘lganini va butun mamlakat bo‘ylab favqulodda elektr ta’minotida uzilishlar kiritilganini ma’lum qildi.