Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mo‘ynoqdan otilib chiqqan katta bosimdagi gaz qudug‘i muvaffaqiyatli jilovlandi

Mo‘ynoqdan otilib chiqqan katta bosimdagi gaz qudug‘i muvaffaqiyatli jilovlandi

Joriy yilning 26 iyulida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli yangi, loyihaviy chuqurligi 5000 metr bo‘lgan 1-son izlov qudug‘ida chuqurligi 4707 metr burg‘ilanganda to‘satdan gaz otilib chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Neft burg‘ilovchi kompaniyaning ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan gaz otqinini bartaraf etish uchun kechayu-kunduz ish olib boruvchi tezkor Shtab tashkil qilingan va tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi ochiq favvoralarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha xarbiylashtirilgan qism, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa mas’ul mutasaddi tashkilotlarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy hokimlikning mutaxassislari jalb qilingan.

Ayni paytda barcha ishlar malakali mahalliy mutaxassislarning mashaqqatli va samarali mehnati, xalqaro tajribaga ega hamkor kompaniyalar vakillari hamda maxsus texnika vositalari yordamida muvaffaqiyatli bajarilib, quduqni boshqarish imkoni yaratilgan.

Qayd etilishicha, quduq turli baxtsiz xodisalar, talofatlarsiz jilovlangan.

«Murakkab sharoitdagi quduqni yopish ishlarida ko‘rsatgan g‘ayrat va shijoati, olovli maydondagi o‘ta og‘ir va mashaqqatli mehnati uchun 200 nafar ishchiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi», – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:11 26.08.2025. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!