Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Elektromobillar ham ekologiyaga zarar ekan-ku!

Elektromobillar ham ekologiyaga zarar ekan-ku!

Kaliforniya universiteti olimlari elektromobillarni quvvatlash stansiyalarining kutilmagan xavfini aniqladilar.

Tajriba doirasida mutaxassislar Los-Anjelesda joylashgan 50 ta Tesla Supercharger stansiyalari yaqinidagi havo sifatini tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, elektr zaryadlash stansiyalari yaqinida havoda ikki barobar ko‘p xavfli zarralar mavjud.

Stansiyalar yaqinida inson salomatligiga ziyon yetkazuvchi mayda zarrachalar darajasi har kubometrda 15 dan 20 mikrogramgacha bo‘lgan. Olimlar, shuningdek, ichki yonuv dvigatellari bo‘lgan avtomobillar uchun yoqilg‘i quyish shoxobchalarida havo sifatini taqqoslashdi - har bir kubometr uchun 12 mikrogram.

Mutaxassislarning fikricha, havoning ifloslanishiga chang, shinalarning mayda bo‘laklari va stansiya yaqinida joylashgan qum sabab bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 09:05. O'qildi: 905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!