Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada 13 yoshli o‘zbekistonlik bola opasining sevgilisini pichoqladi

Turkiyada 13 yoshli o‘zbekistonlik bola opasining sevgilisini pichoqladi

Voqea oqibatida yigit og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik voyaga yetmagan bola og‘ir jinoyat sodir etdi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, 13 yoshli S.T. ismli bola opasining sevgilisi — 26 yoshli Muhammad O‘.ga uy oldida pichoq bilan zarba bergan. Voqea 22 avgust kuni kechki soat 21:30 da o‘zbekistonliklar ko‘p yashaydigan Oqsaroy mavzesida sodir bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni Muhammad O‘. va sevgilisining ukasi o‘rtasida janjal chiqqan. Mojaro tezda janjalga aylanib, bola qo‘lidagi pichoq bilan yigitning chap ko‘krak qismiga zarba bergan. Og‘ir jarohat olgan Muhammad O‘. tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar uning ahvoli jiddiy ekanini ma’lum qilishgan.

Voqea yuz bergan zahoti S.T. voqea joyidan yashiringan, biroq oradan ko‘p o‘tmay, polisiya uni yaqin atrofdagi bog‘dan qo‘lga olgan.

Polisiya hozirda hodisa bo‘yicha tergov ishlarini davom ettirmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bu kabi og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sud jarayonlari alohida tartibda ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 16:56 26.08.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!