Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga taxminan 500 mlrd yevro tovon to‘lashi kerak – Mers

Rossiya Ukrainaga taxminan 500 mlrd yevro tovon to‘lashi kerak – Mers

Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiya urush oqibatida Ukrainaga yetkazgan zararni qoplash uchun taxminan 500 milliard yevro tovon to‘lashi kerak, deb hisoblaydi.

«Rossiya uch yildan ortiq davom etayotgan urush davomida Ukrainaga ulkan zarar yetkazmoqda. Biz moddiy zararni taxminan 500 milliard yevroga baholayapmiz. Rossiya bu zararni qoplashi kerak», – deya ta’kidladi Fridrix Mers Rimda bo‘lib o‘tgan Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada.

Kanslerning fikricha, Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplamaguncha, o‘zining Yevropada muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan foydalana olmasligi kerak.

«Ungacha esa mazkur muzlatilgan aktivlardan olinayotgan daromadlar, hozirgidek, Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi», – deya qo‘shimcha qildi Mers.

Kiritildi: 16:19 12.07.2025. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!