6 iyulga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududiga keng ko‘lamli havodan hujum uyushtirdi. Ukraina Havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan 4 ta raketa va 157 ta dron uchirilgan. Ularning 117 tasi Ukraina havo mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.
Kiyev viloyatida hujum natijasida 3 kishi jarohat oldi. Ko‘p qavatli va xususiy uylarga shikast yetdi. Zaporojye viloyatida 90 yoshli ayol jabrlandi, uning turar joyi va ho‘jalik inshootlari vayron qilindi.
Xarkov shahridagi hujumdan keyin 2 kishi jarohat olgani ma’lum qilindi. Xerson shahrida ham Rossiya hujumi qayd etildi, ammo jabrlanuvchilar yo‘q.
Ukraina rasmiylarining ta’kidlashicha, bu hujum so‘nggi vaqtdagi eng keng ko‘lamli dron va raketa zarbasi bo‘ldi. Spaseniye ishlari va zarar ko‘rgan hududlarni baholash ishlari davom etmoqda.