Uning aytishicha, Rossiya muzokaralar bilan bir vaqtda o‘z maqsadlariga erishishda davom etadi. Lavrov G‘arb davlatlarini Ukrainaga qurol yetkazib berish va mojaroni davom ettirishda aybladi.
Vazir Rossiya Ankoridjda erishilgan kelishuvlarga qaytishga tayyor ekanini ham bildirdi. Shuningdek, u AQSh va Eron o‘rtasida imzolangan Islamabad memorandumiga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Lavrov Yevropa davlatlari Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayoniga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi.