BU haqda Yevropa davlatlari razvedkasi xabar bermoqda.
Rossiya qo‘shinlari Ukrainada ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va xlorpikrin ishlatishni muntazam va keng tarqalgan amaliyotga aylantirdi. Bu xulosaga Germaniya Federal razvedka xizmati (BND), Niderlandiya harbiy razvedkasi (MIVD) va Niderlandiya xavfsizlik va razvedka xizmati (AIVD) keldi.
Xlorpikrin, shuningdek, trikloritrometan deb ham ataladi. U kuchli zaharli moddalar guruhiga kiruvchi birikma bo‘lib, ayniqsa yopiq joylarda juda xavflidir. Xlorpikrindan harbiy maqsadlarda foydalanish “Kimyoviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi” konvensiya bilan man etilgan.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi bu moddani Ukraina Qurolli kuchlarining mustahkamlangan pozisiyalariga hujum qilishda keng qo‘llamoqda, bundan maqsad ukrain askarlarini himoya inshootlarini tark etishga majbur qilish hisoblanadi.
Moskva esa, aksincha, Ukraina qo‘shinlari jang maydonida xlorpikrindan foydalanayotganini da’vo qilmoqda.