Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasidagi “texnik” muzokaralar bir necha kundan keyin Vatikanda davom etishi mumkinligini aytdi, deb xabar beradi Kazinform.
Finlyandiyalik siyosatchi AQSh muzokaralar jarayonidan chiqmayotganini aytdi.
— Ular taslim bo‘lishmadi. Endi esa ko‘proq vositachilar bor. Ilgari bu rolni faqat AQSh o‘ynagan bo‘lsa, endi Yevropa ham bunga qo‘shilmoqda, — deya Stubb so‘zlarini keltiradi Yle.
Finlyandiya prezidenti bu rivojlanishni yaxshi deb atadi.
Qayd etilishicha, pontifik Vatikanda muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyor.
19 may kuni Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatidan so‘ng Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar “tezda” boshlanishini aytdi. Oq uy rahbari bu haqda darhol Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga, shuningdek, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorjo Meloni, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Finlyandiya rahbari Aleksandr Stubbga xabar berdi.
Vatikan muzokaralarni davom ettirish uchun potensial joy sifatida allaqachon tilga olingan edi. 20 may kuni Italiya hukumati yangi Rim Papasi Leo XIV tadbirni o‘tkazishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.