Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya TIV vakili KXDR bilan "jangovar birodarlik" haqida gapirdi

Rossiya TIV vakili KXDR bilan "jangovar birodarlik" haqida gapirdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Mariya Zaxarova Kursk viloyatining “ozod qilinishi” munosabati bilan bayonot berdi. Uning nutqida Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Ukrainaga qarshi urushdagi ishtirokiga alohida o‘rin ajratildi.

"Rossiya va KXDR xalqlarining jangovar birodarligi shonli tarixiga yangi sahifa qo‘shildi. Koreya Xalq Armiyasi jangchilari Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida 2024 yil 4 dekabrda kuchga kirgan “Har tomonlama strategik sheriklik” shartnomasi asosida Kursk viloyatida bizning askar va zobitlarimiz bilan yelkama-elka jang qildilar hamda rus yerlarini dushman bosqinchilaridan ozod etishda muhim hissa qo‘shdilar", — deya ta’kidladi Zaxarova.

Ukraina Qurolli Kuchlari esa Kursk viloyatining ma’lum bir hududlarida hali ham faol jangovar harakatlar davom etayotgani va ukrain qo‘shinlari pozisiyalarni nazorat ostida ushlab turgani haqida xabar bergandi.

Shimoliy Koreya qo‘shinlarining urushdagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar 4 dekabr sanasidan bir necha oy oldin Janubiy Koreya, AQSh va Ukraina rasmiylari hamda razvedkalari tomonidan tarqatilgan edi. Moskva va Pxenyan shimoliy koreyaliklarning frontga yuborilganini uzoq vaqtdavomida rasmiy ravishda tan olmagan. Bu haqdagi birinchi rasmiy tasdiq 26 aprel kuni Rossiya Bosh shtabi tomonidan e’lon qilingan bayonotda qayd etildi.

Kiritildi: 11:23 27.04.2025. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!