Bugun 29 may, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya TIV Moskvaning Yevropa davlatlarida GPS signallarini bo‘g‘ayotgani haqidagi da’volarga isbot talab qildi

Rossiya TIV Moskvaning Yevropa davlatlarida GPS signallarini bo‘g‘ayotgani haqidagi da’volarga isbot talab qildi


"Avval hech bo‘lmasa biror bir dalil taqdim etishsin", — deya bayonot berdi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ushbu ayblovlar haqidagi savolga javoban.

"Hozircha bularning barchasi shunchaki quruq gap", — deya qo‘shimcha qildi u.

Moskvaning 2022 yilda Ukrainaga hujumidan beri Boltiq dengizida hamda Rossiya bilan chegaradosh Yevropa mamlakatlarida GPS signalini bo‘g‘ish holatlari tez-tez kuzatilmoqda.

O‘tgan yili bortida Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles bo‘lgan harbiy samolyot Kaliningrad yaqinida GPS tizimi ishidagi uzilishlarga duch kelgan edi. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bo‘lgan samolyot esa Bolgariya aeroportiga yaqinlashayotganda elektron navigasiya vositalaridan foydalana olmay, qog‘oz xaritalar yordamida qo‘nishga majbur bo‘lgan, deyiladi xabarlarda.

Kiritildi: Bugun 14:21. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!