Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya TIV AQShni diplomatlar farzandlariga "majburan" fuqarolik berishda aybladi

Rossiya TIV AQShni diplomatlar farzandlariga "majburan" fuqarolik berishda aybladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, Qo‘shma Shtatlarda ishlayotgan rossiyalik diplomatlarning farzandlari pasport olish uchun hech qachon ariza bermagan bo‘lsa-da, ularga tug‘ilganlik huquqi bo‘yicha majburan fuqarolik berilmoqda.

Zaxarova bu haqda dushanba kuni "Vedomosti" gazetasida chiqqan maqolasida yozib qoldirdi.

"Davlat departamenti yoki AQSh diplomatiyasi ortida turganlar, Rossiya konsullik xodimlarining Qo‘shma Shtatlar hududida tug‘ilgan farzandlariga, ular hali voyaga yetmasdan, AQSh konstitusiyasidagi "tuproq huquqi"ni ro‘kach qilib, fuqarolikni majburlab tiqishtirishmoqda", — deb yozadi Zaxarova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto rossiyalik diplomatlardan biriga Davlat departamenti xodimi qo‘ng‘iroq qilib, uning voyaga yetmagan o‘g‘li tug‘ilganligi bo‘yicha AQSh fuqarosi ekanini ma’lum qilgan. Zaxarova bunday holatlarni Rossiya xodimlariga bosim o‘tkazish deb atadi va bu ishlar prezident Trampning ortidan undan yashirincha qilinayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu voqealar shundoq ham yomon ahvoldagi Rossiya-AQSh munosabatlarini yanada og‘irlashtiradi.

Kiritildi: Bugun 18:11. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!