Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan yana bir futbolchisini yo‘qotdi

Rossiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan yana bir futbolchisini yo‘qotdi

Moskvaning “Dinamo” klubi himoyachisi Maksim Osipenko jarohati sababli Rossiya milliy terma jamoasi yig‘inini tark etdi.

“Sport-Ekspress” nashrining RB Sport’ga tayanib xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va MRT tekshiruvi natijasida uni klub ixtiyoriga qaytarishga qaror qilingan.

“Osipenko tibbiy sabablarga ko‘ra ‘Dinamo’ ixtiyoriga qaytdi. U MRT tekshiruvidan o‘tdi. Aftidan, futbolchi oxirgi o‘yindan keyin jarohat olgan va ma’lum muddat maydonga tusha olmaydi”, – dedi “Dinamo” bosh direktori Pavel Pivovarov.

Hozircha himoyachining jarohati xususiyati va tiklanish muddati ma’lum emas.

Osipenko Rossiya terma jamoasining noyabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun e’lon qilingan yakuniy tarkibidan o‘rin olgan edi.

Avvalroq “Monako” yarim himoyachisi Aleksandr Golovin ham jarohati sababli noyabr oyidagi yig‘inda ishtirok etmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Shu tariqa, Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan yana bir futbolchisidan ayrildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Rossiya o‘rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

Kiritildi: Bugun 14:09. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik