Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya terma jamoasi noyabrda Peru va Chiliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

Rossiya terma jamoasi noyabrda Peru va Chiliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

Rossiya erkaklar terma jamoasi 12–15 noyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida Janubiy Amerika jamoalariga qarshi ikki o‘rtoqlik bahs o‘tkazadi. RFS rasmiy sayti xabar qilishicha, Valeriy Karpin shogirdlari 12 noyabr kuni Peru terma jamoasiga, 15 noyabr kuni esa Chili terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Rossiya raqiblari esa 18 noyabr kuni o‘zaro o‘yin o‘tkazadi.

Noyabr oyi uchrashuvlar taqvimi:

12 noyabr — Rossiya – Peru
15 noyabr — Rossiya – Chili
18 noyabr — Chili – Peru

Peru terma jamoasi — 2019 yilgi Amerika kubogi finalchisi. Jamoa 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan. JCH-2026 saralash bosqichida iyun oyida Kolumbiya va Ekvadorga qarshi ikki o‘yinda ham durang qayd etgan. Peru terma jamoasi FIFA reytingida 42-o‘rinda joylashgan.

Chili milliy jamoasi — Amerika kubogining ikki karra g‘olibi. 2015 va 2016 yilgi musobaqalarda chililiklar finalda ikki marta Argentinani mag‘lub etgan. Jamoa FIFA reytingida 57-o‘rinda turadi.

Kiritildi: 09:07 12.08.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!