Qora dengizdagi tankerlarga qilingan hujumlarga javoban Rossiya Ukraina portlari va u yerga kelayotgan kemalarga zarbalarini kengaytiradi.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
"Agar tankerlarga hujumlar davom etsa, biz Ukrainaga yordam berayotgan davlatlar kemalariga qarshi javob choralarini ko‘rib chiqamiz. Umid qilamanki, Kiyev va uning ortida turganlar Qora dengizdagi kemalarga hujumni davom ettirishga arziydimi yoki yo‘qmi, deb o‘ylashadi", - dedi u.