Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya taktikasini o‘zgartirmoqda

Rossiya taktikasini o‘zgartirmoqda

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina qo‘shinlari Kursk viloyati hududida qurshab olingani haqidagi ma’lumotni inkor etib, Rossiya sharqiy chegarada kuch to‘playotganini va ehtimol Sumy viloyatiga hujum qilishga tayyorlanayotganini bildirdi.

"Biz buni anglaymiz va bunga qarshi chora ko‘ramiz," - deb ta’kidladi Zelenskiy.

Shuningdek, u Pokrovsk yo‘nalishidagi vaziyat barqarorlashganini, Ukraina harbiylarining Kursk viloyatidagi harakatlari tufayli Rossiya qo‘shinlarining sezilarli qismini boshqa yo‘nalishlardan tortib olishga erishilganini qayd etdi.

Bundan tashqari, Zelenskiy Ukrainaning yangi "Uzun Neptun" raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani va jang sharoitida qo‘llanilgani haqida xabar berdi.

Uning aytishicha, raketa ming kilometr masofaga aniq zarba bergan.

Kiritildi: 21:49 15.03.2025. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!