Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bayonotlarini tanqid qildi.
Zaxarovaning ta’kidlashicha, Zelenskiy intervyusida Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) unga bir necha bor suiqasd uyushtirishga urinishlar haqida xabar berganini aytgan. Shuningdek, Ukraina rahbari o‘zining o‘limi davlatning qulashiga olib kelmasligini, chunki mamlakat bir shaxsga emas, balki davlat institutlari tizimiga tayanishini bildirgan.
«Uning o‘limi Ukraina davlatining qulashiga olib kelmasligi mumkin, ammo uning hayoti allaqachon Ukrainani halokatga olib keldi», — dedi Zaxarova brifingda.