Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi yirik xoldinglardan biri — «Henderson Land Group» boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi.
Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish hamda ta’lim sohalarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston investisiyalar uchun ochiq mamlakat bo‘lib, Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor. Shuningdek, hamkorlikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.