«Solfy» fintex platformasi rahbari va «Halva» muddatli to‘lov kartasi asoschilaridan biri Andrey Basuyev Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida ushlandi. U O‘zbekiston tashabbusi bilan xalqaro qidiruvga berilgan. Basuyev Qirg‘izistondan Moskvaga uchib kelgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hodisa «Solfy» va Milliy bank o‘rtasidagi yirik moliyaviy nizo fonida yuz berdi. Kompaniya va uning investori O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga qariyb 100 million dollarlik da’vo kiritgan.
Avvalroq, 2026 yil mart oyida «Solfy»ning O‘zbekistondagi rahbari O‘ktam Hasanov ham hibsga olingan edi.