Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ukraina dronlari yana Moskva va Sankt-Peterburgdagi aeroportlar faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

Ukraina dronlari yana Moskva va Sankt-Peterburgdagi aeroportlar faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi


Moskvaning Sheremetevo, Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida reyslarni qabul qilish va jo‘natishga ma’lum muddat davomida cheklovlar joriy etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva aeroportlarida dronlar hujumi xavfi sabab kamida 423 ta reys kechiktirilgan.

Tunda Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroporti ham yopilgan. Bu yerda cheklovlar faqat ertalabki soat 9 ga kelib olib tashlangan. “Fontanka” nashrining xabar berishicha, tunda uchishi kerak bo‘lgan 37 ta reys kechiktirilgan yoki bekor qilingan, shuningdek, aeroport to‘qqizta reysni qabul qila olmagan.

"Yo‘lovchilarning ko‘pchiligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri pol ustida uxlagan. Ba’zi odamlar reyslarini 13 soatdan ko‘proq vaqt davomida kutgan", deya xabar berdi mahalliy ommaviy axborot vositalari.

Oktyabr oyida Moskva aeroportlaridagi to‘xtalishlar ko‘paydi. “Agentstvo” nashrining hisoblashicha, oyning dastlabki ikki haftasi mobaynida to‘rtta aeroportdagi yopilishlar vaqti jami 101 soatni tashkil etgan, sentyabrda bu ko‘rsatkich 46 soatga teng bo‘lgandi. 14 oktyabrga o‘tar kechasi Moskvadagi aeroportlarning barchasi bir vaqtda yopiq bo‘lishi bo‘yicha rekord darajada yetti soatlik ko‘rsatkich qayd etilgan.

Kiritildi: 22:40 16.10.2026. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!