Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Lukashenko: Rossiya urush tufayli jiddiy darajada holdan toymoqda

Lukashenko: Rossiya urush tufayli jiddiy darajada holdan toymoqda



Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya va Ukraina uchun urushni tugatish zarurligini ta’kidladi. Uning aytishicha, mojaro har ikki davlatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

«Bu tinchlik baribir bo‘ladi. Agar bu yil bo‘lmasa, kelasi yil bo‘ladi. Bunga mutlaqo ishonaman. Ha, Rossiya kuchliroq, qudratliroq va u hali uzoq vaqt urushishi mumkin. Ammo baribir holdan toyish juda kuchli, iqtisodiyotga ta’siri ulkan, buni siz ham ko‘rib turibsiz. Bu kimga yoqadi va kimga kerak? Rossiyaliklar buni tushunyapti, ular tinchlikka tayyor».


Lukashenko Ukraina uchun ham vaqt o‘tishi bilan tinchlik kelishuviga erishish qiyinlashishini aytdi.

«Agar ukrainaliklar bu yil tinchlik yo‘li bilan kelishuvga bormasa, kelasi yili ular uchun yanada qiyin bo‘ladi, keyin esa buni amalga oshirish imkonsiz bo‘lib qolishi mumkin».

Kiritildi: 17:36 16.10.2026. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!