Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Trampning matbuot kotibi Xitoyda «normal hojatxonalar yo‘q» dedi — Pekin uni mamlakatga taklif qildi

Trampning matbuot kotibi Xitoyda «normal hojatxonalar yo‘q» dedi — Pekin uni mamlakatga taklif qildi

Oq uyning yangi matbuot kotibi Keti Zaxariya konservativ bloger Jek Posobikning podkastida Xitoydagi hojatxonalar haqida bahsli fikr bildirdi. U 2011–2013 yillarda Pekinda yashaganini eslab, Xitoyning iqtisodiy qudrati haqidagi o‘sha davrdagi qarashlarni shubha ostiga oldi.

«Bizga Hillari prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi aytilgandi. Amerika uchun “oltin davr” yoki “shonli kunlar” ortda qolgani haqida gapirishardi. Xitoy esa navbatdagi buyuk davlatga aylanishi ta’kidlanardi», — dedi Zaxariya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan qaytganidan keyin mamlakatni nima uchun navbatdagi buyuk davlat deb atashayotganiga hayron bo‘lgan.

«Ularda hatto normal hojatxonalar ham yo‘q», — dedi Oq uy matbuot kotibi.

Bunga javoban Xitoy rasmiylari Zaxariyani mamlakatga yana bir bor tashrif buyurishga taklif qildi.

«Uning Xitoyga tez-tez tashrif buyurishidan mamnun bo‘lamiz. Qachon imkoniyati bo‘lsa, uni yana kutib olishga tayyormiz», — dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Kiritildi: 22:00 16.10.2026. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!