7 iyul kuni erta tongda rus qo‘shinlari Xarkovga (Ukraina) "Shahed" tipidagi hujumchi dronlari bilan zarba berdi. Shaharda portlashlar sodir bo‘ldi, kamida 20 kishi jarohat oldi, ular orasida bolalar ham bor.
Bu haqda shahar meri Igor Terexov o‘zining "Telegram"dagi sahifasida ma’lum qilgan.
"Xarkovga hozirgina dushmanning "Shaxed" tipidagi ikkita uchuvchisiz samolyoti hujum qildi" - deb tasdiqladi Terexov.
Eslatib o‘tamiz, shaharning Shevchenkivskiy va Slobodskiy tumanlari jabrlangan.