Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Zapad qo‘shinlari guruhi Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Sobolevka qishlog‘ini egallab olgan. Rossiya qo‘shinlari Donesk xalq respublikasi hududidagi Poddubnoye qishlog‘ini ham egallab oldi.
3 iyul kuni harbiy idora Xarkov viloyatidagi yana bir aholi punkti - Melovoye qishlog‘i qo‘lga olingani haqida xabar berdi. O‘sha kuni rus qo‘shinlari Doneskning Razino qishlog‘ini egallab olgani haqida xabar berilgan edi. Iyun oyi oxirida Rossiya Mudofaa vazirligi Xarkov viloyatidagi Novaya Kruglyakovka qishlog‘i qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.