Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Qozog‘istondan 100 ming tonna benzin yetkazib berishni so‘radi

A A A
Rossiya Qozog‘istondan 100 ming tonna benzin yetkazib berishni so‘radi

Reuters'ga ko‘ra, Rossiya Qozog‘istondan neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlar tufayli tanqislik yuzaga kelgan taqdirda unga 100 ming tonna benzin yetkazib berishni so‘radi.

Agentlik manbalaridan biri kelishuvga allaqachon erishilganini bildirdi. Qayd etilishicha, Belarus ham Rossiyaga benzin yetkazib berishda yordam berishga rozi bo‘lgan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyining oxiriga kelib, Ukraina dronlarining hujumlari natijasida Rossiyada neftni birlamchi qayta ishlash quvvatlarining qariyb 14 foizi ishdan chiqqan. Rossiya rasmiylarining vaziyat nazorat ostida ekanligi va mamlakatda yetarli zaxiralar mavjudligi haqidagi bayonotlariga qaramay, hukumat keskin tanqislikning oldini olish maqsadida 1 martdan benzin eksportiga olti oylik taqiq joriy qildi.

Kiritildi: 09:25 09.04.2024. O'qildi: 1139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!