Rossiya Qirg‘iziston bilan qo‘shma mintaqaviy havo mudofaasi tizimi to‘g‘risidagi kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ma’lum qildi.
“Rossiya Federasiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida 2022 yil 16 avgustda imzolangan qo‘shma mintaqaviy havo mudofaasi tizimini yaratish to‘g‘risidagi kelishuv besh yil muddatga amal qiladi va agar tomonlardan biri ikkinchi tomonga chiqish niyati haqida xabar bermasa, keyingi besh yillik muddatlarga avtomatik ravishda uzaytiriladi. Kelishuvga ko‘ra (3-modda), ushbu havo mudofaasi tizimi MDHga a’zo davlatlarning qo‘shma havo mudofaasi tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu kelishuv Rossiya va Qirg‘iziston xavfsizligiga hissa qo‘shganligi sababli, biz bugun uni “demontaj qilish” uchun hech qanday sabab ko‘rmayapmiz”, dedi diplomat.
Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasida qo‘shma mintaqaviy havo mudofaasi tizimini yaratish to‘g‘risidagi kelishuv 2023 yilda kuchga kirdi. Qirg‘iziston Rossiyaga Chuy viloyatidagi Rossiyaning Kant aviabazasi yaqinida havo mudofaasi uskunalarini joylashtirish uchun 5 gektarlik maydonni taqdim etdi. Respublikada Rossiyaning S-300 zenit-raketa tizimlari ham joylashtirildi.