Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp uchrashuviga tayyorgarlik ishlarini qayta yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Lavrovning ta’kidlashicha, Moskva Vashington bilan konstruktiv muloqotni tiklashdan manfaatdor. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv xalqaro xavfsizlik, strategik barqarorlik va iqtisodiy hamkorlik masalalarida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Biz AQSh bilan teng huquqli va o‘zaro hurmat asosida muloqotga tayyormiz. Agar Vashingtonda bunday xohish bo‘lsa, Putin va Tramp uchrashuviga tayyorgarlikni boshlash mumkin”, — dedi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash zarurligini va ikki davlat manfaatlari dunyo barqarorligi uchun muhim ekanini ta’kidlagan edi.