Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

"Arablar Habibni pulga ko‘mib tashlashdi..."

"Arablar Habibni pulga ko‘mib tashlashdi..."

UFC rahbarining fikricha, tashkilotning yengil vazndagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedovning faoliyatini yakunlashiga sabablardan biri uning Yaqin Sharq bo‘ylab uyushtirgan safarlarida ishlab topgan pullari bo‘lgan.

"Bizda musulmon jahon chempioni paydo bo‘ldi, ammo muammo shundaki, u islom mamlakatlari bo‘ylab safarlarga chiqdi. Saudiya Arabistoni, Abu-Dabi, Qatarga bordi va u yerda uni pulga ko‘mib tashlashdi. U shunchalik ko‘p pul topdiki, oktagonga chiqib jang qilishiga hojat qolmadi. Keyin otasi vafot etdi va bu ham uning bu ish bilan shug‘ullanishni xohlamasligiga muhim sabab bo‘ldi", - dedi Uayt Prince Street Pizza pisseriya tarmog‘i kanalida chop etilgan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov so‘nggi jangini 2020 yilning oktyabr oyida o‘tkazgan. O‘shanda u endigina 32 yoshga to‘lgan va ko‘plab mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sport formasining eng yuqori cho‘qqisida edi. UFC rahbariyati bir necha oy davomida uni yana bir bor jang qilishga ko‘ndirishga urinib ko‘rdi. Ammo 2021 yilning martida Dana Uayt Nurmagomedov rasman faoliyatini yakunlagani va unga tegishli bo‘lgan yengil vazn toifasidagi kamar bo‘sh qolganini e’lon qildi.

Kiritildi: 20:05 13.11.2025. O'qildi: 2042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!