Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijonda voyaga yetmagan qiz fohishalik bilan shug‘ullanayotgani haqida xabarlar tarqaldi

Andijonda voyaga yetmagan qiz fohishalik bilan shug‘ullanayotgani haqida xabarlar tarqaldi

Voyaga yetmagan qizni tazyiq va zo‘ravonlik bilan foxishalik qilishga majburlash holatlari aks ettirilgan video tasvirlar tarqalib, jamoatchilikning e’trozlariga sabab bo‘ldi.

Mazkur holat Ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilib, videotasvirdagi ayollarning shaxsiga aniqlik kiritildi.

O‘rganish ishlari davomida muqaddam jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan sudlangan, 2004 yilda tug‘ilgan SH.T. unga tanish bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan, M.M.ni Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumanidagi xonadonda ushlab turgan. Qizning telefon apparatini talon taroj qilib, sotib yuborgan.

Bundan tashqari M.M.ning ojiz ahvoldaligidan foydalanib, unga muntazam ravishda tazyiq o‘tkazib kelgan (https://t.me/andviliib/31148).

Mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchi M.M.ning huquqlari qonuniy asosda tiklanib, Andijon viloyati IIB tomonidan gumonlanuvchi SH.T.ga nisbatan JKning 138-moddasi 2-qismi “a” bandi 135-moddasi 3-qismi “a, b” bandi va 166-moddasi 2-qismi “a” bandi, bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: Bugun 17:17. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!