G7 sammiti yakunlaridan so‘ng AQSh Davlat kotibi Marko Rubio jurnalistlarning Rossiya Ukrainadagi urushni to‘xtatishga tayyormi, degan savoliga javob berdi.
«Biz faqat o‘z ko‘zlarimiz bilan guvoh bo‘layotgan holatlar bo‘yicha xulosa chiqarishimiz mumkin. Ular butun Doneskni olmoqchi ekanini ochiq aytdi va tabiiyki, Ukraina bunday shartga rozi bo‘lmaydi. Rossiya Ukraina qabul qila olmaydigan talablarni qo‘ygan va ayni vaqtda vaziyat shu nuqtada muzlatib qo‘yildi», — dedi Rubio.
Avvalroq G‘arb nashrlari Rossiya Ankorijdagi uchrashuvda aynan shu talabni ilgari surgani haqida xabar bergan edi.