AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyatining Mudofaa vazirligi nomini Urush vazirligiga o‘zgartirish haqidagi qarori AQSh hukumatiga taxminan 2 milliard dollarga tushishi mumkin.
Bu haqda NBC News manbalarga tayanib xabar berdi.
Kongress roziligini talab qiladigan bu harakat AQSh mudofaa agentligi nomi aks ettirilgan minglab lavhalar, belgilar, blankalar va boshqa narsalarni almashtirishni talab qiladi. Ta’kidlanishicha, faqat blankalar va belgilarni almashtirishning o‘zi taxminan 1 milliard dollarga tushishi mumkin.
Biroq Pentagon nomni o‘zgartirish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi va nomini o‘zgartirishning yakuniy narxi hali hisoblab chiqilmaganini qo‘shimcha qildi. "Yakuniy xarajatlar smetasi hali aniqlanmagan. G‘ururli merosimizdan dalolat sifatida, bu nomning o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega, chunki u departamentning asosiy vazifasini aks ettiradi: urushlarda g‘alaba qozonish. Bu har doim bizning vazifamiz bo‘lgan va tinchlikka umid qilsak ham, urushga tayyorlanamiz", - dedi Pentagon Davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Shon Parnel.
Sentyabr oyi boshida Tramp Mudofaa vazirligini Urush bo‘limi deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzolab, uni global vaziyatdan kelib chiqqan holda yanada mosroq nom deb e’lon qildi.