Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Soat 22:00 dan keyin bazmlar to‘xtatiladi

Soat 22:00 dan keyin bazmlar to‘xtatiladi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev sukunat to‘g‘risidagi qonun va hukumat qaroriga qat’iy rioya etishni talab qildi, unga ko‘ra to‘ylar, ko‘ngilochar tadbirlar, shuningdek, kafe, restoran va tungi klublar ishi soat 22:00 dan kechiktirmay yakunlanishi kerak.

Uning ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga qaramay, joylarda unga e’tibor berilmayapti.

«Biz qaror qabul qildik, lekin u bajarilmayapti. Buni o‘zim bildim - yaqinda Bishkekda hamkasbim to‘y berdi va u yarim tungacha davom etdi. Hech kim aralashmadi. Jalolobodda ham soat 00:00 gacha to‘y o‘tkazildi va hech kim hech narsa demadi», dedi Qamchibek Tashiyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda sukunat to‘g‘risidagi qonun ijrosini nazorat qilish mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilganligi aniq ko‘rsatilgan.

«Mahalliy hokimiyat rahbarlari, siz yozma topshiriqni bajarmayapsiz. Endi rasman topshiriq beraman: 22:00 dan keyin hamma joyda to‘y-tomoshalar, kafe, restoran va tungi klublar faoliyati yakunlanishi kerak. Agar kimdir bo‘ysunmasa, elektrni o‘chiring», dedi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.

Shuningdek, u soat 22:00 dan keyin restoranlarda har qanday holatda elektr energiyasi o‘chirilishini ta’kidladi.

Kiritildi: 20:39 13.11.2025. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!