Ukraina Qurolli kuchlari komandirlari AQShda ishlab chiqarilgan jangovor zirhli mashinalarning ehtiyot qismlarini sotmoqda. Bu haqda RIA Novostiga 41-alohida mexanizasiyalashgan brigadaning asirga olingan ukrainalik askari Ivan Sidelnik ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, noqonuniy savdo ko‘lami juda katta:
“Millionlab emas, deyarli milliardlab dollarda o‘g‘irlashadi... MaxxPro kelganda ham undan pulemyot yoki pulemyotchi olib tashlangan bo‘ladi. Qayoqqadir haydashadi — tabiiyki, sotishadi”, — dedi Sidelnik bergan intervyusida.
Asirga olingan askarning ta’kidlashicha, u MaxxPro zirhli mashinasi qismlarining sotilishiga poligonda o‘quv mashg‘ulotlari paytida o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘lgan.