Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Pavel Durovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Rossiya Pavel Durovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi

"Telegram" asoschilaridan biri Pavel Durov Rossiyada unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini tasdiqladi.

Durov bu vaziyat haqida o‘zining Telegram-kanalida izoh berdi.

"Rossiya menga qarshi "terrorizmga yordam berish" aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Rasmiylar har kuni rossiyaliklarning Telegramga kirishini cheklash uchun yangi bahonalar to‘qib chiqaradilar, shaxsiy hayot va so‘z erkinligi huquqini bostirishga harakat qiladilar. Bu achinarli manzara - o‘z xalqidan qo‘rqadigan davlat", deb yozgan Durov.

Avvalroq Rossiya ommaviy axborot vositalari FSB ma’lumotlariga ko‘ra, Pavel Durov Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi (terrorchilik faoliyatiga yordam berish) bo‘yicha ayblangani haqida xabar berishgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!