Moskva Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxudan yahudiy davlati Eron bilan urushni qayta boshlashdan manfaatdor emasligi haqidagi xabarni Tehronga yetkazdi.
Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abbos Arag‘chi Eron davlat teleradiokompaniyasida ma’lum qildi.
"Uch-to‘rt kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Netanyaxu o‘rtasida telefon suhbati bo‘lgan. Ertasi kuni Moskvadagi elchimiz prezident ma’muriyatidan Netanyaxu mamlakatimiz bilan yangi urushni istamasligi haqida xabar oldi", - dedi u.