Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Bir qator nashrlarning xabar berishicha, bugun, 11 oktyabr kuni ertalab Ukraina dronlari Ufadagi “Bashneft” neftni qayta ishlash zavodiga zarba bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona hududida yong‘in yuz bergan. Rossiya hukumati hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamadi. Ufa aeroporti bugun ertalab dronlar hujumi xavfi tufayli vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa bugun Moskva vaqti bilan soat 09:00 dan 12:00 gacha Boshqirdiston hududida 5 ta dron yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.