Yangi Zelandiyalik erkak Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun o‘z ismini 2253 ta so‘zga rasman o‘zgartirdi.
Yangi Zelandiya rasmiylari unga dastlab rad javobini berishdi: chunki pasportga bunchalik ko‘p so‘zlarni qanday sig‘dirishni bilishmasdi. Ammo u Oliy sudgacha bordi va g‘alaba qozondi. Lekin bu hodisadan so‘ng, boshqa hech kim buni takrorlamasligini ta’minlash uchun mamlakat hatto ikkita qonunni o‘zgartirdi.
Hozirda u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan: uning ismi olti sahifani egallaydi va talaffuz qilish uchun taxminan 20 daqiqa vaqtni oladi.