Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum lochin bilan ov uyushtirish maqsadida O‘zbekistonga keldi. Uning Boeing 747 samolyoti 11 oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Shahzoda Hamdan Instagram sahifasida Navoiydagi lochin ovi fotosuratlarini e’lon qildi.
Navoiy shahridan 50 kilometr uzoqlikda Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli tuvaloq yetishtirish maskani bor. Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yil aprel oyida tashkil etilgan. Shahzoda Hamdan lochinlar bilan shu hududda har yili tuvaloq ovlaydi.
Ma’lumot uchun, Hamdan ibn Muhammad Ol Maktum – Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Ol Maktumning o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U juda faol hayot kechirishi bilan mashhur.