Suriyada milliy valyuta modernizasiya qilinib, tasvirlar va ramzlar bo‘lmagan oltita yangi turdagi banknotlar seriyasi muomalaga chiqariladi. Bu haqda Suriya Markaziy banki raisi Abdulqodir Xusariye SANAga bergan intervyusida xabar berdi.
Xusariyega ko‘ra, yangi banknotlar turli o‘lchamlarda – kichik, o‘rta va yirik shakllarda bo‘ladi. Suriya milliy valyutasini zamonaviylashtirish doirasida tasvirlar va ramzlarsiz oltita yangi banknota seriyasi chiqariladi.
“Yangi banknotalar ularni tekshirishni osonlashtiradigan tarzda ishlab chiqilgan va xalqaro standartlarga mos keladi”, — deyiladi xabarda.
Bosib chiqarish va tarqatish jarayoni yakunlangach, banknotalar haqidagi barcha tafsilotlar e’lon qilinadi. Markaziy bank rahbarining ta’kidlashicha, yangi banknotalar muomaladagi eskirgan pullarning o‘rnini egallaydi, biroq umumiy pul massasini oshirmaydi.