"Rosneft" va "Lukoyl" kompaniyalari faoliyatiga ta’sir qiluvchi AQSh cheklovlari AQShda dizel yoqilg‘isining o‘rtacha narxining oshishiga olib keldi.
Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi.
Agentlik CIBC Private Wealth Group energetika bo‘yicha katta treyderi Rebekka Babinning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda, "Tozalash marjalarining hozirgi o‘sishi, hech bo‘lmaganda, qisman AQShning “Rosneft” va “Lukoyl”ga qarshi bo‘lajak sanksiyalari bilan bog‘liq noaniqlik, shuningdek, Yevropa Ittifoqining yanvar oyida Rossiya mahsulotlariga qo‘ygan cheklovlari bilan bog‘liq.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH, Yevropa va Osiyodagi marjalar kamida 2018 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi. Nashrning ta’kidlashicha, ushbu eksportdagi har qanday jiddiy uzilishlar jahon yoqilg‘i bozori uchun zarba bo‘lishi mumkin.
Avvalroq AQSh Moliya vazirligi Vashington joriy etgan sanksiyalarga qaramay, “Lukoyl”ga xorijiy aktivlari bilan bog‘liq ayrim operasiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi lisenziyalarni 21 noyabrdan 13 dekabrgacha uzaytirgan edi.