Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya neft gigantlari kasodga yuz tutmoqda: yarim yillikda foyda 3 barobargacha kamaygan

Rossiya neft gigantlari kasodga yuz tutmoqda: yarim yillikda foyda 3 barobargacha kamaygan

Neft narxi tushib bormoqda, sanksiyalar qat’iylashmoqda, rubl mustahkamlanayotganiga qaramasdan Rossiyaning xomashyoga asoslangan iqtisodiyoti tanazzulda.

2025 yilning birinchi yarim yilida Rossiyaning barcha yirik neft kompaniyalari foydasining 2–3 barobarga pasaygani ma’lum qilindi. Bu haqdagi rasmiy moliyaviy hisobotlar o‘tgan haftada e’lon qilindi.

«Rosneft» aksiyadorlar foydasi 773 mlrd rubldan 245 mlrd rublga tushganini ma’lum qildi. Kompaniya rahbari Igor Sechinning so‘zlariga ko‘ra, bunga sabab sanksiyalar, eksport cheklovlari va neft narxining tushayotgani.

Ikkinchi yirik kompaniya — «Lukoyl» foydasi ikki barobar kamayib, 287 mlrd rublni tashkil etdi. «Gazprom neft» 54 foydasidan mosuvo bo‘lib, 150 mlrd rubl bilan cheklandi. «Surgutneftegaz» esa umuman kasodga uchrab, 452 mlrd rubl zarar ko‘rdi.

«Tatneft»ning foydasi qariyb uch barobarga — 54,2 mlrd rublgacha tushib ketdi, «Russneft»niki esa 3,2 barobarga yoki 11,8 mlrd rublgacha pasaydi.

Davlat byudjetidagi har uchinchi rublni keltiradigan Rossiyaning neft-gaz sektori umumiy hisobda 50 foiz foydadan ajralgan. Uning saldolangan moliyaviy natijasi yarim fil ichida 1,264 trln rublgacha qisqargan. Korxonalarning 45 foizi yarim yillikni zarar bilan yakunlagan.

Mamlakatdagi qazib olishlarning 40 foizini tashkil etuvchi Xanti-Mansiysk avtonom okrugida korxonalar yarim yillikni 506 mlrd rubl zarar bilan yakunlagan.

Neft va gaz eksportiga embargo, dollarda to‘lovlarning bloklanishi, G7 sanksiyalari, tanker yetishmovchiligi va logistika muammolari Rossiya eksportini og‘ir ahvolga soldi. 6 oyda Xitoyga eksport hajmi 11 foizga, qiymati esa 24 foizga kamaygan.

Urals markali neft narxi barreliga 70 dollardan 52,1 dollargacha tushdi, rublda esa 30 foizga arzonlashib, 4,7 ming rublni tashkil qildi. Bu holat eksport tushumlariga jiddiy zarba berdi.

Eksportning 80 foizi ketayotgan Osiyo davlatlaridan boshqalar neft xomashyosini amalda xarid qilmayapti. Biroq, sharqiy yo‘nalishda oqimni oshirish murakkab: tankerlar yetishmaydi, portlar esa to‘lib toshib ketgan, deyishmoqda ekspertlar.

«Neft kompaniyalarining daromadlari qisqarishi eng avvalo jahon bozorlarida neft narxining qulashi va rubl kursining mustahkamlanishi bilan bog‘liq, — deya tushuntiradi Milliy energetika xavfsizligi fondining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov. — Buning natijasida eksport tushumi qisqarib ketdi: kompaniyalar xorijga o‘sha-o‘sha mahsulot hajmini sotayotgan bo‘lsa-da, kamroq pul ishlashmoqda».

Kiritildi: 16:20 31.08.2025. O'qildi: 752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!