The New York Times nashrining yozishicha, Rossiya NATOdan 1997 yildan keyin Sharqiy Yevropa mamlakatlarida joylashtirilgan harbiy kuchlarini olib chiqishni talab qilmoqda. Bu talablar Ukrainada urush boshlanishidan ikki oy oldin Moskva tomonidan ilgari surilgan shartlarga o‘xshaydi.
Rossiya, shuningdek, NATOning kengayishdan voz kechishini, Ukraina, Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyodagi harbiy faoliyatini to‘xtatishini talab qilmoqda. Moskva Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlaridagi NATO qo‘shinlari va harbiy bazalari olib chiqilishini, G‘arb davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishini ham istamoqda.
Bundan tashqari, Rossiya Fransiya va Buyuk Britaniyaning boshqa Yevropa davlatlarini himoya qilish uchun yadroviy qurollaridan foydalanishdan voz kechishini talab qilmoqda.