Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan harbiy asirlar almashinuvining yangi bosqichi amalga oshirilgani haqida xabar berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan harbiy asirlar almashinuvining yangi bosqichi amalga oshirilgani haqida xabar berdi

"2 iyun kuni Istanbulda erishilgan Rossiya-Ukraina kelishuvlariga muvofiq, “Kiyev rejimi” nazoratidagi hududdan rus harbiy xizmatchilari guruhi qaytarildi", deyiladi vazirlik bayonotida.

Ukraina prezidenti ham Rossiya bilan harbiy asirlar almashinuvi amalga oshirilganini tasdiqladi.

Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar asirligidan Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Davlat chegara xizmati jangchilari qaytarilgan. Ular Donesk, Zaporoje, Lugansk, Xarkov, Sumi, Chernigov va Kiyev viloyatlaridagi janglarda qatnashgan.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, qaytarilganlarning aksariyati 2022 yildan beri asirlikda bo‘lgan edi.

Rossiya tomoni ham, Ukraina rasmiylari ham mazkur almashinuvda necha kishi yurtiga qaytarilgani haqida ma’lumot bergani yo‘q.

Kiritildi: 20:55 19.06.2025. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!