Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari bir kecha davomida Rossiya hududlari va Qora dengiz akvatoriyasi ustida 1015 ta Ukraina uchuvchisiz uchish apparatini tutib qolgan va yo‘q qilgan.
Vazirlik xabar berishicha, dronlar 17 oktyabr soat 20:00 dan 18 oktyabr soat 08:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida urib tushirilgan.
Ma’lum qilinishicha, uchuvchisiz apparatlar Belgorod, Bryansk, Vladimir, Kaluga, Kursk, Leningrad, Novgorod, Oryol, Pskov, Ryazan, Smolensk, Tver va Tula viloyatlari, Moskva mintaqasi, Krasnodar o‘lkasi, Qrim Respublikasi hamda Qora dengiz akvatoriyasi ustida yo‘q qilingan.