SSKA o‘z maydonida "Dinamo"ni Rossiya kubogi yarim final yo‘lining birinchi o‘yinida mag‘lub etdi - 2:1. O‘yin "VEB Arena"da bo‘lib o‘tdi.
O‘yindagi birinchi gol 50-daqiqada SSKA hujumchisi Seku Koyta tomonidan kiritildi, unga hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev assist berdi. 8 daqiqadan so‘ng "Dinamo" himoyachisi Dmitriy Skopinsev hisobni tenglashtirdi.
61-daqiqada "Dinamo" hujumchisi Al-Mehdi Mauhub to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgani uchun "oq-ko‘klar" bir kishi kam bo‘lib qoldi.
Uchrashuvning 64-daqiqasida yarim himoyachi Matvey Kislyak tomonidan kiritilgan gol SSKAga g‘alaba keltirdi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni Moskvada "VTB Arena"da bo‘lib o‘tadi.