Kuzatuvchilarning qayd etishicha, bu urush boshlanganidan beri Kiyevga bir vaqtning o‘zida qo‘llangan eng katta raketa sonidir.
AFP agentligining xabar berishicha, zarbalar shunchalik kuchli bo‘lganki, poytaxt markazida to‘xtab turgan avtomobillarning signalizasiyalari ishlab ketgan.
Hujum oqibatida avtomobillar, supermarket, yotoqxona va turar-joy binolari yonib ketgan. Poytaxt qutqaruvchilarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, 13 kishi yaralangan. Ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.